Nima uchun Venkon Communications?

Dastavval so‘z yaratildi

…Keyin PR paydo bo‘ldi

qizil zont orqa fonga

Bizning imkoniyatlarimiz

Istalgan biznes uchun reklama strategiyasini ishlab chiquvchi mutaxassislarning katta jamoasi

natijali strategiya illustratsiyasi

Har qanday murakkablikdagi matnlarni yoza oladigan kopirayterlarning katta jamoasi

kopirayter illustratsiyasi

Natija uchun ishlaymiz!

natija uchun ish illustratsiyasi

Biz OAVda samarali PRni yo‘lga qo‘yamiz

effectiv PR illustratsiyasi

Biz doim aloqadamiz! Hatto tunda ham!

doim aloqada illustratsiyasi

Har qanday murakkablikdagi tadbirlarni tashkil etamiz!

tadbir illustratsiyasi
natija illustratsiyasi

Bizning agentlik ko‘plab muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirdi va bir qator kompaniyalarga tom ma’noda tanilishga yordam berdi

Loyihalar orasida:

Тoshkent yoshlar forumi

Venkon Communications jamoasi istalgan loyihani ommalashtira oladi. Bunga misol – Toshkent yoshlar forumidir. Forum doirasida 20dan ortiq tadbir hamda vazirlar, hukumat vakillari, fikr yetakchilarining yoshlar bilan uchrashuvlari o‘tkazildi. PR-hamrohlik doirasida barcha markaziy OAV, tele- va radiokanallar, blogerlar va inflyuenserlar taklif qilingan. Natijada biz OAV, fikr yetakchilari bloglari, Telegram va Instagram-kanallarda 500dan ziyod material joyladik. Bu 15 mln martadan ziyod ko‘rilgan qamrovga erishish imkonini berdi.

Тoshkent yoshlar forumi

Toshkent besh tashabbus harakati

2022-yil 22-26-may kunlari Toshkentda yirik tadbir - Besh tashabbus harakati, ilgari o‘xshashi bo‘lmagan yorqin shahar festivali o‘tkazildi. Jamoamiz tadbir direksiyasi tarkibiga kirdi va uning doirasida yoshlarning vazirlik va idoralarning birinchi shaxslari bilan uchrashuvlari, sport va intellektual musobaqalar, IT-yo‘nalishlar ixlosmandlari uchun zonalar tashkil etildi. Harakatning har bir kuni milliy estradamiz yulduzlari hamda dijeylar ishtirokidagi 3 soatlik ajoyib konsert bilan yakunlandi. Jamoamiz ushbu tadbirning barcha OAV, blogerlar, fikr yetakchilari, telegram-kanallarda keng yoritilishini ta’minladi. Festival haqida nfaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham gapirishdi. Umumiy qamrovda materiallar 25 martadan ortiq ko‘rilgan.

Toshkent besh tashabbus harakati

Fermerlar maktabi

Fermerlar maktabi bilan ishlashni eng qiyin, lekin ayni paytda qiziqarli loyihalardan biri deb hisoblash mumkin. Agar sport zallari, mobil kompaniyalar, restoranlar bilan ish strategiyasi aniqroq bo‘lsa, Fermerlar maktabi bilan biz yoshlarni agrobiznesga qiziqtirish yo‘llari haqida o‘ylashimiz kerak edi. Ammo oldimizdagi vazifalar imkonsiz emas. Va erishilgan natijalar mehnatimiz samarasini aks ettiradi. Shunday qilib, yilning birinchi choragidan so‘ng, fermerlik kasbini o‘rganishga qiziquvchilar soni 5 barobar oshdi. Ayni paytda o‘quvchilarning 70 foizdan ortig‘i fermerlar maktabi haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lumotga ega bo‘ldi. Ikki oy ichida haqiqiy obunachilar soni 2,5 mingga oshdi. Fermerlar maktabiga kirish uchun arizalar soni bir necha barobar oshdi.

Fermerlar maktabi

BUKA FIT

“BUKA FIT” sport majmuasi bilan hamkorlik bizning yana bir muvaffaqiyatli loyihamizdir. Odatda, ko‘pchilik mijozlarning dastlabki vazifalari o‘xshash. Ular orasida ijobiy imijni qo‘llab-quvvatlash, e'tirof etish, iste'molchilar bilan malakali aloqa va, albatta, mijozlarning o‘sishi ko‘zda tutilgan. Nisbatan qisqa vaqt ichida erishgan natijalarimiz mijoz kutganidan oshib ketdi. Birinchidan, bir necha oy ichida obunalar savdosi 17 foizga, ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilarning o‘zaro aloqasi 30 foizga oshdi. Xuddi shu qisqa vaqt ichida majmua nomi Stories’da (Instagram) ham ijtimoiy tarmoqlarning oddiy foydalanuvchilari, ham ko‘p millionli auditoriyaga ega blogerlar tomonidan 300 martadan ko‘proq tilga olingan.

BUKA FIT

Korzinka.uz uchun PR-faolliklar

Venkon Communications uzoq yillar davomida Korzinka.uz, FLO va REDTAG bilan hamkorlik qiladi. Biz blogerlar bilan PR-kampaniya va aloqalar uyushtiramiz, tarmoq supermarketlari ochilishini tashkillashtirishda ishtirok etamiz. Bizning jamoa har yili Yangi yil va Bolalarni himoya qilish kuniga Korzinka.uz bilan birgalikda PR-aksiyalar uyushtiradi. Animatorlar ishtirokida 200 nafar bloger va bolalarga sovg‘alar tarqatilib, bu stories’da Korzinka.uz’ni belgilab chiqishlar qilishga yordam beradi. Venkon Communications, shuningdek, telegram-kanal va OAVda, qolaversa, yirik Instagram-blogerlar orqali Korzinka.uz, FLO va REDTAG reklamarini muntazam ommaviy joylashtirishni amalga oshiradi. Har oy 4-5ta xilma-xil mahsulot reklamasi ilgari suriladi.

Korzinka.uz uchun PR-faolliklar

Uzairways uchun media-turlar

Venkon Communications Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bilan hamkorlikda o‘zbekistonlik OAV vakillari, blogerlar, inflyuenserlar uchun Batumida ilk media-turni tashkillashtirdi. Natijada Toshkent – Batumi – Тoshkent yo‘nalishi ko‘pchilikka tanilib, Gruziya turistik lokatsiyalari rivojlanishi va har ikki mamlakat fuqarolarining sayohatlari oshishiga sabab bo‘ldi. Shuningdek, jamoamiz tomonidan o‘zbekistonlik OAV vakillari, blogerlar, inflyuenserlar uchun Dubayga media-tur tashkil qilindi. Buning natijasida O‘zbekiston – BAA yo‘nalishiga e’tibor kuchayib, sayyohlar oqimi bir necha marotaba oshdi.

Uzairways turi